YOSH SOTSIOLOGLAR UCHUN TADQIQOT USULLARI YOZGI MAKTABIGA QABUL OCHILDI

O'zbekiston Sotsiologlari Assotsiatsiyasi, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti va Fridrix Ebert nomidagi Jamg'armaning O'zbekistondagi vakolatxonasi yosh sotsiologlar va tadqiqotchilarni 2023-yilning 21- 26-avgust kunlarida Toshkent shahrida Yosh sotsiologlar yozgi maktabiga  taklif qiladi.

KURSNING MAQSADI

Yozgi maktab sotsiologiya va tegishli sohalardagi yosh talabalar, doktorantlar, o’qituvchilar  tadqiqotchilar va amaliyotchilar uchun ijtimoiy fanlar bo'yicha tadqiqotlar o'tkazishning asosiy usullari va yondashuvlari haqida zamonaviy tushuncha berish, shu jumladan, sotsiologik tadqiqot usullarini ilmiy sohada qo'llash, xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish va yetakchi olimlar bilan ilmiy muloqotni rivojlantirish. Yozgi maktab dasturining darslari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida ingliz va o‘zbek tillarda (sinxron tarjima qilish imkoniyati bilan) o‘tkaziladi.

KURSDAN NIMA KUTISH MUMKIN?

Bizning maqsadimiz – tajribali professor-o'qituvchilardan samarali o'rganish uchun muhit yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun Yevropa va O‘zbekistonning yetakchi universitetlarining olimlari ijtimoiy fanlarda keng qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqot usullari bo‘yicha intensiv trening kurslarini o‘tkazadi. Yozgi maktab davomida ishtirokchilar olimlar bilan hamkorlikda ishlashni davom ettirish bo'yicha o'z tadqiqot takliflarini ishlab chiqishlari va taqdim etishlari mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, tanlov komissiyasi tomonidan tanlab olingan eng yaxshi bitta ilmiy loyiha grant olish uchun tavsiya etiladi, jumladan ma'lumotlar yig'ish ishlari uchun, hamda Markaziy Osiyo sotsiologlarining birinchi mintaqaviy konferentsiyasida maqola taqdimoti sifatida va yuqori darajali ilmiy jurnalda chop etilishga tavsiya qilinadi.

Ushbu kurs O‘zbekiston sotsiologlariga sotsiologlarning xalqaro tarmog‘iga kirishga va o‘z ilmiy tajribasini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, siz Xalqaro sotsiologlar assotsiatsiyasi va O'zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlishingiz va oʻz sotsiologiya faoliyatingizni global maydonda namoyon qilishingiz mumkin.

ISHTIROK ETISH UCHUN TALABLAR

Yozgi maktabda ishtirok tanlov asosida bo`lib o`tadi. Asosiy talablar, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan yoki ilmiy faoliyatini bo‘shlagan, yoshi 40 va undan kichik bo‘lgan va O‘zbekistonda yashovchi barcha shaxslar qatnashish huquqiga ega. Ariza beruvchilar 2023-yilning 11-avgustidan kechiktirmay onlayn arizani topshirishlari kerak.

Yozgi maktabga oid barcha savollar bo’yicha Nozima Yusupova bilan info@asu-sociology.uz  elektron pochta manziliga yoki +99871 238 74 02 telefon raqamiga murojat qilishingiz mumkin.

О нас
Цели и задачи
Управление и структура
Обратная связь
Публикации
Конференции
Соотрудничество
Возможности
Новости 
Члентсво
Информации о члентсве
Логин